Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARINING JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARI.


IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARINING JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARI.

O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev o‘z lavozimiga kirishgan dastlabki kunlardanoq jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash – aholi turmush darajasini yuksaltirish, mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xalq manfaatlarini qondirishga alohida e’tibor qaratish, inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini ilgari surdi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan, qabul qilinayotgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarni amaliy hayotga tatbiq etilishida davlatning maxsus vakolatli ijro etuvchi davlat boshqaruvi organlari ya’ni ma’muriy organlar bu vazifani amalga oshiradilar. Qaysiki sohani, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjat chiqarilsa, uni albatta ijrosini amalga oshirish ijro organlari tizimidagi tegishli sohaga aloqador, manfaatdor davlat boshqaruvi organining zimmasida bo‘ladi. Bu kabi davlatning boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibidagi vazirliklar, qo‘mitalar va boshqalarning o‘zlari va ularning boshqaruvidagi, ma’muriyatchiligidagi viloyatlardagi boshqarmalari, tuman va shaharlardagi bo‘limlari orqali butun mamlakatda ijrochilik faoliyatini amalga oshiradi.

Bu kabi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi organlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2003-yildagi 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmonida berilgan organlar: vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi.

Yuqorida berilgan davlat boshqaruvi organlari berilgan vakolatlari orqali butun davlat, jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan holda joylarda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini amalga oshirar ekan ular albatta inson huquqlari va erkinliklariga, qonuniylikka va adolatlilik kabi huquqning umumiy prinsplariga rioya etadi.

Ijro organlarining bunday faoliyatlarini amalga oshiradigan paytida albatta jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar bo‘lishi tabiiy holatdir. Bunday murojaatlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaatlari ariza ko‘rinishida, buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaatlari shikoyat ko‘rinishida yoki biron bir takliflar kiritilishi shaklida amalga oshirilishi mumkin. Bunday murojaatlar bilan albatta ijro organlari ularni zudlik bilan o‘rganib chiqqan holda qonuniy va adolatli harakatlarni amalga oshirishi yoki adolatli va qonuniy hujjat chiqarishi kerak bo‘lib hisoblanadi.

Fuqarolarning davlat organlariga murojaatlar bilan chiqishi ularning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi. Xususan, bu konstitutsiyamizning 35-moddasida berilgan norma hisoblanadi. normaning mazmuni shunday: “Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega”.

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va tashkilotlariga qiladigan bunday murojaatlari qonun darajasida o‘rnatilgan. Bu qonun “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2017-yil 11-sentabr O‘RQ-445-son bilan qabul qilingan.

Yuqoridagi qonun asosida jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlari va tashkilotlariga o‘z vakolatlari doirasida hal qiladigan organlarga murojaatlar bilan chiqishi mumkin. Bunday murojaatlarni asossiz rad etilishi ijro organlariga nisbatan javobgarlik keltirib chiqaradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijro etuvchi hokimiyatlar davlatning ijtimoiy hayotida eng kerakli organlar tizimidir. Negaki, qabul qilinadigan qonunlar va boshqa hujjatlar, islohotlar hammasining amalga oshishida ijro organlarining o‘rni beqiyosdir. Bu organlarda juda katta moliyaviy, kadrlar soni jihatdan va juda katta davlat-hokimiyat vakolati berilgani uchun ham bu organlarning faoliyati ijro etish funksiyasini to‘laqonli amalga oshirishining kafili hisoblanadi.

 

Ohangaron tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi Bosh yuriskonsuli Abduraxmonov G’anisher Shavkat o’g’li