Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Kadastr hujjatlari rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?


Kadastr hujjatlari rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?

 

       O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga bilan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy relgamenti qabul qilingan. Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

     Ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Kadastr pasportida mulkdor va huquq belgilovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi.

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

· ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

· ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

· qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

· yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

· ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

· ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

· o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish mumkin.

Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko‘ra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so‘rovnomaga asosan kadastr pasporti, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasi, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma bir vaqtda beriladi.

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, bekor bo‘lganda yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha murojaat qilinganda, ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra qog‘oz yoki plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallari kadastr yig‘majildini shakllantirib, uning natijasi bo‘yicha kadastr pasportini taqdim etadilar.

Davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha kadastr pasportini tayyorlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri kadastr filiallariga murojaat qilinadi.

So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

16. Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

a) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

 

 

 

Ohangaron tumani adliya bo`limi

DXM sho’ba boshlig’i                                                       A.Maxkamov