Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish haqida


Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga

malaka toifalarini berish haqida

 

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son qaroriga asosan Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.

trener-o‘qituvchi — sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida muayyan sport turi bo‘yicha ta’lim dasturi asosida bevosita ta’lim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;

yo‘riqchi-uslubchi — sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.

Ushbu Reglament “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Trener-o‘qituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:

· ikkinchi toifali trener;

· birinchi toifali trener;

· oliy toifali trener.

Yo‘riqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:

· ikkinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi;

· birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi;

· oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi.

kkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan beriladi.

“Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi” malaka toifalari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan beriladi.

Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq to‘lash uchun asos bo‘ladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) trener-o‘qituvchilar malaka toifalarini olish uchun:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi va diplom nusxalari);

sportchi trener-o‘qituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

b) yo‘riqchi-uslubchilar malaka toifalarini olish uchun:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

yo‘riqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qo‘llanma(lar) nusxasi.

 

 

 

Ohangaron tumani adliya bo`limi

DXM sho’ba boshlig’i                                         A.Maxkamov