Янгиликлар
Manzil-ma’lumot (doimiy yashash joyi haqida) axborotlarini olish tartibi
Manzil-ma’lumot (doimiy yashash joyi haqida) axborotlarini olish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.10.2018 yildagi 797-son qarori qabul qilingan.
Manzil-ma’lumot (doimiy yashash joyi haqida) axborotlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Mazkur ma’muriy reglamentda ismoniy shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali:
manzil-ma’lumot axborotlarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi;
ro‘yxatdan chiqqanligi;
vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi;
ma’lumot mavjud emasligi haqida ma’lumot taqdim etish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki my.gov.uz saytidan ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibi belgilangan.
Ushbu ma’lumotnoma olishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari elektron tizim orqali so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kuni mobaynida, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga my.gov.uz sayti orqali elektron ravishda yuboradi.amalga oshiladi.
Ariza berish uchun shaxsan o’zi kelib murojaat, uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Advokatlar tomonidan murojaat qilinganda shartnoma (order) asosida xizmat ko’rsatiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanadi.
Ohangaron tumani adliya bo`limi
DXM sho’ba boshlig’i A.Maxkamov