Янгиликлар
Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma olish tartibi
Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma olish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.10.2018 yildagi 797-son qarori qabul qilingan.
Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Mazkur ma’muriy reglamentda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki my.gov.uz saytidan ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilangan.
Ushbu ma’lumotnoma olishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalarini tomonidan elektron tizim orqali so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni mobaynida, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga my.gov.uz sayti orqali elektron ravishda yuboradi.amalga oshiladi.
Ariza berish uchun shaxsan o’zi yoki uning yaqin qarindoshlari, ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari kelib murojaat etishi, uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Advokatlar tomonidan murojaat qilinganda shartnoma (order) asosida xizmat ko’rsatiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanadi.
Ohangaron tumani adliya bo`limi
DXM sho’ba boshlig’i A.Maxkamov