Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish


Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish

 

Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, aholini ijtimoiy himoya qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda.

Xususan, jahonda bo‘lib o‘tayotgan koronavirus pandemiyasi aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlash va ularni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlashning shaffof va samarali instrumentlari bo‘lishini taqozo etmoqda.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasining granti asosida beriladigan moliyaviy, texnik va ekspert ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilangan:

idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llash vositasida o‘zaro hujjat almashish jarayonini avtomatlashtirish orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar sonini tubdan qisqartirish;

belgilangan mezonlarga muvofiq kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etilgan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni obyektiv baholash, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali qarorlarni qabul qilishda subyektiv yondashuvni bartaraf etish;

aholining ehtiyojmand toifasi tarkibi o‘zgarishi dinamikasi monitoringi va tahlilini yuritish, ularni baholash mezonlarini respublika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda takomillashtirish;

davlat ijtimoiy xizmatlari va ijtimoiy yordam oluvchilarning doimiy yangilanib turadigan yagona ma’lumot bazasini shakllantirish;

manfaatdor vazirlik, idoralar va tashkilotlarning o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda xizmatlarni bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etishi uchun ma’lumot bilan ta’minlash.

E’tibor bering ushbu ma’lumotnomalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal my.gov.uz saytidan fuqarolar erkin olishlari mumkin.

 

 

 

Ohangaron tumani adliya bo`limi

DXM sho’ba boshlig’i                                             A.Maxkamov