Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash


Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash

 

    Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 21.06.2022 yilda “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 341-son qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorga asosan

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish;

o‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdorlari va ularni hisoblash;

subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish qoidalari;

talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;

subsidiyani tayinlash va to‘lash tartibi;

nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish;

asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori;

subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish qoidalari;

talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;

subsidiyani tayinlash va to‘lash tartibi belgilab qoyildi.

 

 

 

Ohangaron tumani adliya bo`limi

DXM sho’ba boshlig’i                                         A.Maxkamov