Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.


Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

 

Konstitutsiyamizning 10-moddasida “Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs Oʻzbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas", deb belgilangan.

           Oliy Majlis va Prezident xalq vakilligining oliy koʻrinishi hisoblanadi, ularning har ikkisi umumxalq ovozi asosida saylanadi.

Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Prezident davlat boshligʻidir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taʼminlaydi.

Xalq nomidan ish olib borish mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiriladi.

Konstitutsiyada xalq nomidan ish olib borish vakolati berilganlar aniq belgilab qoʻyilishi bilan bir qatorda, boshqa hech qanday shaxs, partiya, birlashma bunday vakolatga ega emasligi ham koʻrsatib qoʻyilgan.

 

 

Kuyi Chirchik tumani adliya bulimi

yuridik xizmat kursatish markazi boshligi

Sh.I.Suleymanov