Янгиликлар
Rotatsiya xodim roziligi bilan amalga oshiriladi.
Rotatsiya xodim roziligi bilan amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimga oʻz roziligi bilan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati belgilanadi.
Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.
Quyidagi davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmaydi:
tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtayotgan;
homilador ayollar, shuningdek uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar;
tibbiy xulosaga asosan oʻzlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari sogʻligʻining holati rotatsiya oʻtkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar.
Kuyi Chirchik tumani adliya bulimi
yuridik xizmat kursatish markazi boshligi
Sh.I.Suleymanov