Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yengil avtotransportlarni olib kirishda bojxona bojlari kamaytiriladi


Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yengil avtotransportlarni olib kirishda bojxona bojlari kamaytiriladi

"Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2026-yil 1-yanvargacha, Oʻzbekiston bojxona chegarasini kesib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yangi yengil avtotransportlarni (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari qoʻllaniladi:

dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - nol stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);

dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - 5 foizli stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).

Shunga koʻra, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha boʻlgan avtomobillar uchun bojxona toʻlovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub boʻlgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.

 

Kuyi Chirchik tumani adliya bulimi

yuridik xizmat kursatish markazi boshligi

Sh.I.Suleymanov