Янгиликлар
Taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi, yoʻl belgilari dislokatsiyasi onlayn tarzda eʼlon qilib boriladi.
Taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi, yoʻl belgilari dislokatsiyasi onlayn tarzda eʼlon qilib boriladi.
Adliya vazirligi tomonidan yoʻl belgilarini oʻrnatish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, unda quyidagi tartiblar belgilanmoqda:
Taqiqlovchi yoʻl belgilarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.
Yoʻl belgilari reestri shakllantiriladi hamda reestrga kiritilmagan taqiqlovchi yoʻl belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
Yoʻl belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda eʼlon qilib boriladi.
Taqiqlovchi yoʻl belgilari faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida oʻrnatiladi.
Kuyi Chirchik tumani adliya bulimi
yuridik xizmat kursatish markazi boshligi
Sh.I.Suleymanov