Янгиликлар
ISHLAB CHIQARILGANIGA 1 YILDAN OSHMAGAN YENGIL AVTOTRANSPORTLARNI OLIB KIRISHDA BOJXONA BOJLARI KAMAYTIRILADI
ISHLAB CHIQARILGANIGA 1 YILDAN OSHMAGAN YENGIL AVTOTRANSPORTLARNI OLIB KIRISHDA BOJXONA BOJLARI KAMAYTIRILADI
"Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha, O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yangi yengil avtotransportlarni (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari qo‘llaniladi:
dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - nol stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);
dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - 5 foizli stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).
Shunga ko‘ra, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo`limi boshlig`i
|
O.Buriyev |