Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

ENDILIKDA BARCHA SHAXSIY TOMORQA EGALARI ISH STAJI HISOBLASH UCHUN IXTIYORIY SOLIQ TO‘LASHI MUMKIN


ENDILIKDA BARCHA SHAXSIY TOMORQA EGALARI ISH STAJI HISOBLASH UCHUN IXTIYORIY SOLIQ TO‘LASHI MUMKIN

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–847-son, 16.06.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’i nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

Ilgari yer 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda bo‘lsa ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat berilgan.

Shu sababli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlandi.

 

 

 

 

 

 

Yuqori Chirchiq tumani

adliya bo`limi boshlig`i

 

 

 

 

O.Buriyev