Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM OLUVCHI SHAXSLAR DOIRASI BELGILANDI


DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM OLUVCHI SHAXSLAR DOIRASI BELGILANDI

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:

▫️fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;

▫️ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;

▫️ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;

▫️jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;

ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno).

 

 

 

Yuqori Chirchiq tumani

adliya bo`limi boshlig`i

 

 

 

 

O.Buriyev