Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

HAQORAT QILGANLIK UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BOR?


HAQORAT QILGANLIK UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BOR?

 

Haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda (https://lex.uz/docs/97664#197986) haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming so‘mdan 13 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan. Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoyat kodeksiga (https://lex.uz/docs/111453#262273) asosan haqorat qilgan shaxsga:

66 mln so‘mgacha miqdorda jarima;

240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

66 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha jarima;

240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agarda haqorat qilish:

jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;

xavfli retsidivist tomonidan;

tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa:

132 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha miqdorda jarima;

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tumani

adliya bo`limi boshlig`i

 

 

 

O.Buriyev