Янгиликлар
"MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQLAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 6-MODDASIGA KO‘RA QUYIDAGILAR MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARI HISOBLANADI:
"MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQLAR TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 6-MODDASIGA KO‘RA QUYIDAGILAR MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARI HISOBLANADI:
????adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar);
????drama va ssenariy asarlari;
????matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
????musiqali drama asarlari;
????xoreografiya asarlari va pantomimalar;
????audiovizual asarlar;
????rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san’atning boshqa asarlari;
????manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
????arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish san’ati asarlari;
????fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar;
????jo‘g‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
????barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang‘ich matn hamda obyekt kodida ifodalanishi mumkin bo‘lgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
????yuqoridagi Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa asarlar.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
|
J.Zokirov |