Янгиликлар
BARCHA O‘QITUVCHILARNI QIYNAYOTGAN TA’TIL PULI HAQIDA
BARCHA O‘QITUVCHILARNI QIYNAYOTGAN TA’TIL PULI HAQIDA
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.
Bunda o‘rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o‘n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o‘n ikki oydan kam ishlagan bo‘lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).
Shu qoidaga ko‘ra xodimning o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo‘lsa, uning ta’tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha to‘lovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo‘shilgan holda 12ga bo‘linadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, sizga ta’tilga chiqishingizdan oldingi 12 oylik davrda to‘langan barcha to‘lovlar qo‘shilgan holda ularni 12ga bo‘lish orqali o‘rtacha oylik ish haqingiz hisoblanadi va shu miqdordan kelib chiqib sizga ta’til puli to‘lanadi. Bu masalada tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
|
J.Zokirov |