Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

MAKTAB O‘QITUVCHILARINING HAFTALIK YUKLAMASI KAMAYTIRILADI


MAKTAB O‘QITUVCHILARINING HAFTALIK YUKLAMASI KAMAYTIRILADI

 

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.

 

Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalari haqida so‘zlab berdi (https://t.me/uzlidep/27993). Jumladan:

 

“Muallimlarning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida, ularning ko‘p yillik ish staji uchun ilk bor ustama haqi to‘lash tizimi joriy etiladi.

 

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.

 

Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.

 

O‘qituvchilarga har yili sihatgohlarda sog‘lig‘ini tiklashi uchun imtiyozli yo‘llanmalar beriladi. Shuningdek, har yili 1 ming nafar muallim stajirovka o‘tash uchun xorijga yuboriladi”, — dedi nomzod.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani

adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

 

 

J.Zokirov