Янгиликлар
USTAMA TA’TIL PULIGA QO‘SHILMAYDIMI?
USTAMA TA’TIL PULIGA QO‘SHILMAYDIMI?
Savolingizga quyidagicha javob beramiz. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.
Bunda o‘rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o‘n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o‘n ikki oydan kam ishlagan bo‘lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).
Shu qoidaga ko‘ra xodimning o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo‘lsa, uning ta’tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha to‘lovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo‘shilgan holda 12ga bo‘linadi.
Xodim korxonaga ishga qabul qilinganiga 12 oydan kam vaqt bo‘lganda uning o‘rtacha ish haqini hisoblash ishlagan davriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Bunda Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2985)ga ko‘ra o‘sha xodimga bu yil ta’til kuniga mutanosib ravishda haq to‘lanishi kerak.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, sizga mehnat ta’tili uchun ta’til puli to‘lashda sizga beriladigan ustama ham qo‘shib o‘rtacha oylik ish haqingiz hisoblanadi.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
|
J.Zokirov |