Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

O‘QITUVCHI ISHLARINI OMMALASHTIRSAYU, LEKIN RAHBARIYAT BU ISHLAR PLATFORMAGA JOYLANMAGAN DEB USTAMAGA QO‘SHMASLIGI TO‘G‘RIMI?


O‘QITUVCHI ISHLARINI OMMALASHTIRSAYU, LEKIN RAHBARIYAT BU ISHLAR PLATFORMAGA JOYLANMAGAN DEB USTAMAGA QO‘SHMASLIGI TO‘G‘RIMI?

 

Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 25 avgustdagi 279-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommlashtirish Tartibi” 5-bandiga ko‘ra talabgorlarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali amalga oshiriladi.

 

Bunda talabgor maxsus platformada o‘zining shaxsiy kabinetini ochadi va ommalashtirishga tavsiya etilgan ish uslubini metodik material sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron shaklda joylashtiradi.

 

Shundan so‘ng bu materiallar metodbirlashma tomonidan ko‘rib chiqilib, Pedagogik kengashga tavsiya etiladi.

 

Yuqoridagi qoidalarga ko‘ra sizning natijalaringiz ushbu platformaga yuklanmagani uchun sizga ustama berishda bu natija qo‘shilmaydi.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani

adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

 

 

J.Zokirov