Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

KO‘RSATUV BERISH MAJBURIYATIDAN OZOD QILISH


KO‘RSATUV BERISH MAJBURIYATIDAN OZOD QILISH

 

Mazkur prinsip yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 28-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

Ushbu normaning amaldagi ijrosiga kelsak, amaliyotda ayrim muammolar mavjudligini tan olishimizga to‘g‘ri keladi.

Birinchidan, faktik jihatdan gumon qilinuvchi bo‘lsada, lekin ishga hali protsessual tartibda gumon qilinuvchi sifatida jalb qilinmagan shaxs jinoyat ishida guvoh sifatida ishtirok etishi va u o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishga majbur bo‘lishi holatlari amaliyotda ko‘p uchraydi.

Ikkinchidan, dastlab guvoh tariqasida so‘roq qilish orqali o‘ziga qarshi ko‘rsatuvlarini olinishiga erishilgan "guvoh" aslida de fakto jinoiy ta’qibdagi shaxs bo‘lgani holda undan o‘z aybini tan olishni talab qilish yoki uni ko‘rsatuv berishdan bosh torganlik yohud yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishi aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga zid hisoblanadi. Jinoiy ta’qib organi va sud so‘roq qilinayotgan shaxsni biror-bir shaklda o‘ziga yoki yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatuv berishga majbur qilishi mumkin emas.

Lekin amaliyotda jinoiy ta’qibga olinishi ko‘zlanayotgan shaxs shunchaki gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish qarori chiqarilmasdan turib, uni guvoh tariqasida so‘roq qilinishi bu qonunning aynan aybsizlik prezumsiyasi tamoyilini chetlab o‘tishga urinishning bir usuli bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 14-moddasi 3-qismida har bir shaxs unga qo‘yilgan jinoiy ayblov bo‘yicha o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishga majbur qilinmasligi belgilangan.

Shu sababli ushbu prinsip gumon qilinuvchi protsessual maqomiga o‘tkaziladigan shaxsning huquqlarini cheklanishining oldini olishiga xizmat qilishi kerak, albatta.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani

adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

 

 

J.Zokirov