Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

TERGOVCHINING "FLESHKA" USULIDA SO‘ROQ QILISHI


TERGOVCHINING "FLESHKA" USULIDA SO‘ROQ QILISHI

 

Bir jinoyat ishi sudda ko‘rilishida guvoh bilan g‘alati holat bo‘ldi.

Guvoh - tekshiruv o‘tkazgan mutaxassis. Sudda raislik etuvchi tomonidan unga "Dastlabki tergovda bergan ko‘rsatuvlaringizni tasdiqlaysizmi?" deb berilgan savolga u "ha" deb javob berdi. Raislik etuvchi shu birgina "ha" javobi bilan qanoat hosil qilib, boshqa savol-javob qilmadi.

Albatta bu menga g‘alati tuyuldi. So‘ngra, men unga "Aytingchi, dastlabki tergov jarayonida tergovchining Siz bilan o‘tkazgan so‘roq jarayoni qanday tarzda bo‘lib o‘tdi" - deb savol berdim. U quyidagicha javob berdi:

"Tergovchi meni so‘roq qilishga kirishishdan oldin mendan ushbu jinoyat ishi bo‘yicha men tomonimdan tuzilgan tekshiruv dalolatnomasi matnini fleshkada olib kelib berishimni so‘radi. Men shunday qildim. Tergovchi esa fleshkadagi o‘sha dalolatnoma matnini o‘z kompyuteriga ko‘chirib oldi. Keyin, fleshkadagi ma’lumotlarni guvohni so‘roq qilish bayonnomasiga qanday bo‘lsa, shundayicha kiritib, so‘roq bayonnomasini chiqarib, menga imzo qo‘ydirdi. Shu tariqa so‘roq jarayoni tugadi."

Jinoyat ishi hujjatlariga qo‘shilgan ushbu guvohni so‘roq qilish bayonnomasiga e’tibor berilsa, haqiqatdan ham shunday ekanligini ko‘rasiz. U yerda guvohning erkin ko‘rsatuvi o‘rniga dalolatnoma matni qanday bo‘lsa, shu holatida, hech bir o‘zgarish yoki qo‘shimchalarsiz va hattoki orfografik xatolari bilan ko‘chirib qo‘yilgan edi. Ayrim holatlarga oydinlik kirituvchi, to‘ldiruvchi va nazorat qiluvchi savollar berilmagan.

Bunday savollar sud tergovi davomida berildi. Ko‘p holatlarga aniqlik aynan sudda kiritildi.

Xullas dastlabki tergov jarayonida shu kabi qolipda ishlanadigan “salbiy amaliyotlar” dan batamom voz kechilishi tarafdorimiz. Bu mavzuga yana qaytamiz.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani

adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

 

 

J.Zokirov