Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Qonunchilikka koʻra, 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar


Qonunchilikka koʻra, 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

     Unga koʻra :

       har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini taʼminlash;

 

      har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadni mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam boʻlmagan (980 ming soʻm) miqdorda belgilash;

 

     issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati boʻyicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi - kabi talablarga rioya etilgan boʻlishi kerak.

 

 

 

Ohangaron shahar Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                          B.Hamroyev