Янгиликлар
Maktab bitiruvchilari hujjat topshirishda shahodatnoma kiritishi shart emas
Maktab bitiruvchilari hujjat topshirishda shahodatnoma kiritishi shart emas
Maktab bitiruvchilari bir qator elektron qulayliklardan foydalanishlari mumkin.
Eng avvalo ular maktab shahodatnomasini olish uchun maktabga borishi, qachon berilarkin deb kutishi shart emas. Shunchaki e-shahodatnoma.uz sayti orqali 20-iyun, ya’ni ertadan boshlab shahodatnomani onlayn yuklab olish mumkin. Elektron yuklab olingan shahodatnoma rasmiy hujjat sifatida huquqiy kuchga ega bo’ladi.
Ikkinchidan, bitiruvchi abituriyentlar hujjat topshirayotgan payti maktab shahodatnomasi ma’lumotlarini kiritishi shart emas.
Shahodatnomalar bazasi OTMlarga hujjat topshiriladigan my.uzbmb.uz saytiga integratsiya qilingan. Ya’ni bitiruvchilar o’qishga hujjat topshirish jarayonida pasport ma’lumotlarini kiritsa kifoya, shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda o’zi chiqib keladi.
e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:
➖ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
➖ Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
➖ Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
➖ Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.
Ohangaron shahar adliya boʻlimi