Янгиликлар
Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi
Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi
O’zbekiston Respublikasining 1995-yilda qabul qilingan (hozirgi xujjat kunda o’z kuchini yo’qotgan) Mehnat kodeksining 134-moddasida xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til berilishi belgilangan hozirgi kunda Amaldagi 2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan Mehnat kodeksining 217-moddasida Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi belgilangan unga ko’ra, Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi. Etiborli jihati shundaki eski taxrirdagi mehnat kodeksida 15 ish kuni hisoblangan bo’lsa endilik 21 kalendar kunni tashkil qiladi ya’ni ta’tillarni hisoblashda bayram kunlaridan tashqari qolgan barcha kunlar hisobga olinishi belgilangan.
Ohangaron shahar Adliya bo’limi yuridik
xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti B.B.O’smonov