Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Takroriy guvohnomalar va boshqa ma’lumotlar berish


Takroriy guvohnomalar va boshqa ma’lumotlar berish

Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY organi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi.

Alohida hollarda (dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi yo‘qolganda, ikkinchi nusxa bo‘yicha guvohnoma olish qulay bo‘lganda) Agentlik boshqarmasining idoraviy FHDY arxivlari dalolatnoma yozuvining birinchi va ikkinchi nusxalarining aynan bir xilligini tekshirgandan so‘ng tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, o‘lim va nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnomalar beradilar.

          Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning o‘ziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibdatasdiqlangan ishonch qog‘ozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi. Vafot etgan shaxsga nisbatan tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda, vafot etgan shaxsning tug‘ilganligi haqida ma’lumotnoma berilishi mumkin.

O‘lim haqidagi takroriy guvohnomalar marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxo‘rlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘oziga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi takroriy guvohnomalar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxslarning o‘zlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qog‘oziga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Nikohdan ajratilganda nikoh tuzilganligi haqidagi takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi ma’lumotnoma berilishi mumkin.

Bolalarga va muomalaga layoqatsiz shaxslarga takroriy guvohnomalar ularning ota-onalari (farzandlikka olganlar), vasiylari, homiylari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari ma’muriyatlarining arizalari bo‘yicha beriladi.

          Ota-onasi bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaxslarga yoki pasport olmagan shaxslarga tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar ushbu shaxsning fotosurati yopishtirilgan, mazkur shaxs ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan dalolatnoma asosida beriladi.

 

Ohangaron shahar adliya boʻlimi