Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish tartibi


Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish tartibi

 

O’zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 94-moddasida Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish tartibi belgilangan.

Unga ko’ra, Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning umumiy sonini, saylov byulletenlari olgan saylovchilar sonini va saylov qutilaridagi saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir okrug, har bir nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.

Sanab chiqilgan saylov byulletenlari asosida uchastka saylov komissiyasi:

har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini;

buzilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

Saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan fuqarolarning familiyalari va masalalar bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “ ” yoxud “x” belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tug‘dirganda, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.

Ovoz beruvchi tomonidan byulletenni to’ldirish vaqtida xatoga yo’l qo’yilgan va uning o’rniga yangi saylov byulleteni berilgan, bu haqda saylovchilar ro’yxatida hamda bekor qilingan buzilgan saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qo’yilgan saylov byulleteni buzilgan hisoblanadi deb belgilangan.

 

 

Ohangaron shahar Adliya bo’limi yuridik

xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                       B.B.O’smonov