Янгиликлар
Mehnat kodeksining 283-moddasiga koʻra, ish beruvchi tibbiy tekshiruvdan oʻtish kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida xodimlarni tibbiyot muassasalariga moneliksiz yuborishi shart.
Mehnat kodeksining 283-moddasiga koʻra, ish beruvchi tibbiy tekshiruvdan oʻtish kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida xodimlarni tibbiyot muassasalariga moneliksiz yuborishi shart.
Agar ish beruvchi bilan kelishuvga binoan xodim qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida ishga chiqqan boʻlsa (bundan xodimning oʻsha kuni ishga chiqish imkoni boʻlmagan zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar mustasno), unga oʻz xohishiga koʻra boshqa dam olish kuni beriladi.
Har yilgi mehnat taʻtili davrida, dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan taqdirda, xodimga uning xohishiga koʻra boshqa dam olish kuni beriladi.
Donor boʻlgan xodimlarga bevosita qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin dam olish kuni beriladi. Xodimning xohishiga koʻra bu kun yillik mehnat taʻtiliga qoʻshiladi yoki qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan kundan keyin yil davomida boshqa vaqtda bu kundan foydalanilishi mumkin.
Tibbiy tekshiruv oʻtkaziladigan hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod qilinganda, shuningdek dam olish kunlarida xodimning oʻrtacha ish haqi saqlanadi.
Donorlik faktini tasdiqlash, shu jumladan tibbiy tekshiruvdan oʻtish hamda bevosita qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish qon xizmati tomonidan berilgan maʻlumotnoma yoki boshqa hujjat asosida amalga oshiriladi.
S.Xakimov – Ohangaron shahar adliya boʻlimi boshligʻi