Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Assalomu alaykum, Men 9-maktab kadrlar boʻyicha menedjeriman, oʻquv taʻtili muddatini hisoblashda Qurbon Hayitini qoʻshamizmi yoki ayirib tashlaymanmi?


Assalomu alaykum, Men 9-maktab kadrlar boʻyicha menedjeriman, oʻquv taʻtili muddatini hisoblashda Qurbon Hayitini qoʻshamizmi yoki ayirib tashlaymanmi?

MK 221-moddasi 1-qismiga koʼra, xodimlarning har yilgi asosiy va qoʼshimcha mehnat taʼtillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi.

221-moddasi 2-qismiga koʼra, har yilgi mehnat taʻtili davriga toʻgʻri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat taʻtillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

Eʼtibor bering, 221-moddada gap har yilgi asosiy va qoʼshimcha mehnat taʼtillarining davomiyligini hisoblash haqida ketmoqda. MK 385-moddasidagi oʼquv taʼtillari, MK 237-moddasiga koʼra ijtimoiy taʼtillar toifasiga kiradi. Ijtimoiy, ish haqi qisman saqlanadigan va ish haqi saqlanmaydigan taʼtillar davomiyligini, hisoblashda MK 221-moddasi qoidalarini qoʼllamaysiz.

Masalan, xodimga 19-iyun sanasidan chaqiruv qogʼoziga koʼra 14 kalendar kunga oʼquv taʼtili berdingiz. Xodimni ishga chiqish sanasi 3-iyul boʼladi. Eʼtibor bering, Qurbon hayiti ham oʼquv taʼtili ichiga kirib ketadi, bu holatda MK 221-moddasi 2-qismi qoidalari tatbiq qilinmaydi.

 

S.Xakimov – Ohangaron shahar adliya boʻlimi boshligʻi