Янгиликлар
Man maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlayman toʻrt oy homiladorlik va tugʻruq taʻtilida boʻldim va bu taʻtil tugagandan soʻng yillik mehnat taʻtiliga ariza yozdim mehnat taʻtilim tugadi shu orada bolam betob boʻlib qoldi xozirgi kunda mehnat layoqatsizli
Man maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlayman toʻrt oy homiladorlik va tugʻruq taʻtilida boʻldim va bu taʻtil tugagandan soʻng yillik mehnat taʻtiliga ariza yozdim mehnat taʻtilim tugadi shu orada bolam betob boʻlib qoldi xozirgi kunda mehnat layoqatsizlik davridaman. Man oʻzi bolam tuzalsa mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshirib ishga tushmoqchiman bola parvarishlaw taʻtiliga chiqmoqchi emasman.
Mehnat kodeksining 405-moddasiga asosan, homiladorlik va tugʻish taʻtili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga koʻra, unga bolasi ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʻtili berilib, bu davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa toʻlanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, siz bolasi ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʻtili olmasdan ishga chiqishga haqlisiz.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 9-bandiga asosan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasallangan oila aʻzosini parvarishlash zarur boʻlganda ham beriladi. Shunday ekan sizga ish beruvchi mazkur turdagi taʻtilni berib nafaqat toʻlashi kerak.
Eslatib oʻtamiz, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash, Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49(3)-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
S.Xakimov – Ohangaron shahar adliya boʻlimi boshligʻi