Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Prezident imzolagan qarorga koʻra quyidagilar hisobdan chiqariladi:


Prezident imzolagan qarorga koʻra quyidagilar hisobdan chiqariladi:

2023-yil 1-iyun holatiga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (noturar koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno) boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

2023-yil 1-iyun holatiga oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YATTlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

2023-yil 1-iyun holatiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi uchun qoʻllanilgan jarimalar summasi.

Shuningdek, 2024-yil 1-iyunga qadar yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer soligʻining uch karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi toʻxtatib turiladi.

Fermer xoʻjaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv soligʻidan qarzini oʻn ikki oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi.

 

S.Xakimov – Ohangaron shahar adliya boʻlimi boshligʻi