Янгиликлар
Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Haqorat qilganlik – shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming soʻmdan 13 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:
▫️66 mln soʻmgacha miqdorda jarima;
▫️240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat toʻgʻridan-toʻgʻri jinoyat hisoblanadi va aybdor:
▫️66 mln soʻmdan 132 mln soʻmgacha jarima;
▫️240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Agarda haqorat qilish:
jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda;
xavfli retsidivist tomonidan;
tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa:
▫️132 mln soʻmdan 198 mln soʻmgacha miqdorda jarima;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
D.Nurullayev