Янгиликлар
Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi
Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi
2023/2024 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi.
2023-2024 oʻquv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.
Abituriyentlar mazkur saytning “Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul boʻlimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi.
Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil boʻlgan 5 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) davom etadi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish esa 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Belgilangan muddat davomida abituriyentlar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega boʻlsa, sertifikat maʼlumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
D.Nurullayev