Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Endilikda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq toʻlashi mumkin


Endilikda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq toʻlashi mumkin

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–847-son, 16.06.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritildi

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchaga koʻra, shaxsiy tomorqasida band boʻlgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bogʻdorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shugʻullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila aʼzolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qatʼi nazar oʻzlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin.

Ilgari yer 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda boʻlsa ijtimoiy soliq toʻlashga ruxsat berilgan.

Shu sababli “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qoʻyilgan talablar chiqarib tashlandi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

A.Teshaboyev