Янгиликлар
Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yengil avtotransportlarni olib kirishda bojxona bojlari kamaytiriladi
Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yengil avtotransportlarni olib kirishda bojxona bojlari kamaytiriladi
"Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-yanvargacha, Oʻzbekiston bojxona chegarasini kesib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yangi yengil avtotransportlarni (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari qoʻllaniladi:
dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - nol stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);
dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - 5 foizli stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).
Shunga koʻra, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha boʻlgan avtomobillar uchun bojxona toʻlovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub boʻlgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
A.Teshaboyev