Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi


Quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi

Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023-y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi:

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati

400 MVt boʻlgan;

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati

500 MVt boʻlgan;

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan.

Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.

Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:

▫️Investitsiya bitimlari tasdiqlanadi;

▫️Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar maʼqullanadi.

Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtiriladi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Nunnazarov