Янгиликлар
Yuridik texnikumlar haqida nimalarni bilasiz?
Yuridik texnikumlar haqida nimalarni bilasiz?
Respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.
Ularda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:
davlat huquqiy faoliyat;
yuridik xizmat;
sud-huquqiy faoliyat.
Yuridik texnikumlarga umumiy oʻrta taʼlim (11-sinfni) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.
Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari YAIDXP
(my.gov.uz) yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (https://uzbmb.uz/) orqali onlayn qabul qilinadi.
Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-avgustidan 20-avgustgacha (shu kuni ham) boʻlib oʻtadi.
Yuridik texnikumlarga Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq boʻlib oʻtadi.
Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.
Abituriyentlar oʻqishga davlat buyurtmasi, toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Oʻqish muddati 2 yilni tashkil etadi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
R.Galiyev