Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Asal mahsuloti bogʻcha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik ratsioniga kiritiladi


Asal mahsuloti bogʻcha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik ratsioniga kiritiladi

 

“Asalarichilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (239–son, 12.06.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun gʻoʻzani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qoʻllaniladi.

Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Fargʻona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi.

2024-yildan intensiv mevali bogʻlarda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qoʻllash choralari koʻriladi.

2023-yil 1-sentyabrdan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik isteʼmol ratsioniga asal mahsulotini kiritish masalasi koʻrib chiqiladi.

Har yili 1–10-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.

Asalarichilik subyektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadigan koʻrgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻriladi.

“Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali bogʻlarda asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini qoʻllash boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Chinoz tumani adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markazi boshligʻi

R.Galiyev