Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xivada Xalqaro etnosport festivali oʻtkaziladi


Xivada Xalqaro etnosport festivali oʻtkaziladi

 

“Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (240-son, 12.06.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, Xalqaro etnosport festivali 2023-yil 7–10-sentyabr kunlari Xivada oʻtkaziladi.

Qaror bilan festivalni oʻtkazish tartibi boʻyicha nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, festival har 2 yilda bir marta oʻtkaziladi.

Festival doirasida, jumladan, quyidagilar tashkil etiladi:

▫️sportchilar ishtirokida xalqaro musobaqalar;

▫️ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati;

▫️naqqoshlik va kashtadoʻzlik sanʼati koʻrgazmasi;

▫️kulolchilik mahsulotlari koʻrgazmasi;

▫️oʻzbek, fors, arab, rus tillarida nashr etilgan adabiyotlar namoyishi.

Festival doirasida xalqaro musobaqa gʻolib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari orasidan “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi sportchi”, “Faxriy sportchi” kabi nominatsiyalar boʻyicha sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan.

 

                                                                            Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti

J.Muhammadiyev