Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Shtat qisqarishi natijasida ishdan boʻshatilgan xodimlar tashkilotda yangi ish oʻrni boʻlishi bilanoq ishga olinishi shart


Shtat qisqarishi natijasida ishdan boʻshatilgan xodimlar tashkilotda yangi ish oʻrni boʻlishi bilanoq ishga olinishi shart

 

Davlat organlari yoki xodimlarning vakillik organlariga saylanganligi uchun ishdan boʻshatilgan xodimlarga vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa boshqa teng ish (lavozim) beriladi.

Harbiy xizmatga chaqirilgan xodim harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilganidan yoki isteʼfoga chiqarilganidan keyin, avvalgi ish joyiga boʻshatilganidan boshlab 3 oydan kechikmay murojaat qilsa, ishga joylashishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.

Tashkilot qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni tashkilotning huquqiy vorisi, tashkilot tugatilganda esa mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.

Yuqoridagi kafolatlarni xodimlarga ish berish imkoni boʻlmaganida mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirishni, zarur boʻlganda esa ularni bepul kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlaydi.

Tashkilotda shtat qisqargandan keyin 6 oy ichida boʻsh ish oʻrni ochilsa, shtatlar qisqarishi natijasida ishdan boʻshatilgan xodimlar yangi paydo boʻlgan ish oʻrniga ishga qabul qilinishi shart.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Muhammadiyev