Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Mahalliy xoʻjalik shartnomalari doirasida fors-major holatlarini tasdiqlash tartibi belgilandi


Mahalliy xoʻjalik shartnomalari doirasida fors-major holatlarini tasdiqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (231-son, 07.06.2023-y.) bilan Mahalliy xoʻjalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga koʻra, fors-major holatlar Savdo-sanoat palatasi raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiriladigan sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.

Talabgor fors-major holatlarni tasdiqlash boʻyicha sertifikat olish uchun Savdo-sanoat palatasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki uning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiladi.

Palata taqdim etilgan hujjatlarni 1 ish kunida koʻrib chiqadi.

Hujjatlarda kamchilik boʻlsa, talabgorga toʻliq taqdim etilmagan maʼlumot va hujjatlarni 10 kun ichida taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuboriladi.

Fors-major holatlar mavjudligini tasdiqlash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror 15 kun muddatda qabul qilinadi.

Sertifikat berish rad etilgan taqdirda, 3 kun muddatda talabgorga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.

Sertifikat rasmiylashtirilgan taqdirda, talabgorga 1 kun ichida maʼlum qilinib, sertifikat rasmiy veb-saytda eʼlon qilinadi.

Sertifikat muddatsiz davrga beriladi. Sertifikat bir martalik xususiyatga ega boʻlib, faqat arizada koʻrsatilgan shartnomaviy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Mazkur tartib tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Muhammadiyev