Янгиликлар
Fuqarolarning burchlari
Fuqarolarning burchlari
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan burchlarini bajaradilar.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.
Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart.
Soliq va yigʻimlar adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.
Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi
Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich