Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Barcha fuqarolar teng huquq va erkinliklarga ega


Barcha fuqarolar teng huquq va erkinliklarga ega

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.

Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish toʻgʻrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq gʻamxoʻrlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq taʼminlanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich