Янгиликлар
09.02.2017 yildagi Vazirlar Mahkamasining 66-son Qarori bilan Qanday turdagi yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat roʻyxatidan o‘tkazilmasligi to`g`risida
09.02.2017 yildagi Vazirlar Mahkamasining 66-son Qarori bilan Qanday turdagi yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat roʻyxatidan o‘tkazilmasligi to`g`risida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-bobi 1-bandi 1-xatboshisiga koʻra, ushbu Nizom talablari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 30-iyundagi 3252-son qarori asosida), shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom asosida) tatbiq etilmaydi.
Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i A.Ergashov