Янгиликлар
09.02.2017 yildagi Vazirlar Mahkamasining 66-son Qarori bilan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlaat ro’yhatidan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi.
09.02.2017 yildagi Vazirlar Mahkamasining 66-son Qarori bilan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlaat ro’yhatidan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizimi o‘rnatilib, idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi. Yuridik shaxslarni Fuqarolik kodeksining 49-moddasi hamda tashkiliy huquq shakliga qarab, tegishli qonun hujjatlari asosida qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin
Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qaytadan tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin. Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilganda, qo‘shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i A.Ergashov