Янгиликлар
02.09.2020 yildagi V.M ning 535 -sonli Qaroriga asosan Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida
02.09.2020 yildagi V.M ning 535 -sonli Qaroriga asosan Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.
-Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda.
-Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda.
-Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
-Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i A.Ergashov