Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi



Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

 


Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 iyuldagi “Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 364-son qarori


Reglamentga koʻra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:

 

– xalqaro toifali sport hakami;
– milliy toifali sport hakami;
– birinchi toifali sport hakami;
– ikkinchi toifali sport hakami;
– uchinchi toifali sport hakami;
– sport boʻyicha hakam.

 

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

 

Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma ilova qilinadi.

 

Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

 

Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.

 

Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

 


Chinoz tumani Adliya bo`limi Davlat xizmatlari markazi xisoblash texnikasi operatori
M.Maxmudov