Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Bino-inshootlarning yong‘in xavfsizligiga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani onlayn olish mumkin


Bino-inshootlarning yong‘in xavfsizligiga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani onlayn olish mumkin

 

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-apreldagi "Davlat yong‘in nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"142-son qarori. Tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, bino va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa FVVning davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali beriladi.

Shunga ko‘ra, ariza beruvchi DXMga o‘zi kelib yoki portal orqali ro‘yxatdan o‘tib murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. So‘rovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqadi. Jarayon normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 10%i — 30 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi. Portal orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 27 ming so‘mni tashkil etadi. Jismoniy shaxslar portal orqali murojaat etganda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Shuningdek, qaror bilan Radiotexnik inshootlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi o‘zgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi. So‘rovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqadi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 2 baravari ya’ni 600 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

Chinoz tuman Adliya bo`limi Davlat xizmatlarir markazi direktori v.v.b
S.Ismoilov