Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Litsenziya axborot tizimi orqali “Nodavlat ta`lim xizmatlarini ko`rsatish soxasidagi faoliyatini litsenziyalash to`g`risida


Litsenziya axborot tizimi orqali “Nodavlat ta`lim xizmatlarini ko`rsatish soxasidagi faoliyatini litsenziyalash   to`g`risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (VMQ-241, 27.03.2018 y.) qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan boshlab nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi. Bungacha litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan amalga oshirib kelingan. Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari tegishli hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuborishi lozim. Litsenziya da’vogarining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

 

***********

Chinoz tuman adliya bo’limi

                                                                            davlat xizmatlari markazi                                           mutaxassisi D.Kodirova