Янгиликлар
Yo’qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilIsh kerak?
Yo’qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilIsh kerak?
Hukumatning (535-son. 02.09.2020 yil) “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori tasdiqlandi.
Yo’qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o’zi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXP da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro’yhatdan o’tishi kerak.
Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, Davlat xizmatlari markazi xodimlari sizning nomingizdan YIDXP orqali murojaat etadilar vaa belgilangan shakldagi so’rovnomani elektron shaklda mustaqil to’ldiradilar.
Uchinchi shaxslar manfaati uchun xarakat qilayotganda so’rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda so’rovomaga ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni tasdiqlovchi xujjat taqdim qilinadi.
Kadastr (yig’majildi) pasporti yo’qolganda (yaroqsiz xolga kelganda) qog’oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova